Joriy yilning 25–26-may kunlari O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Moʻgʻul kinosi kunlari” boʻlib oʻtadi. Mazkur kino forum Moʻgʻuliston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi hamdaOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 30-avgustidan 5-sentabriga qadar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi asosida 1-sentabr — “Mustaqillik kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlari tashkil etilmoqda. ?Namoyish jadvali bilan tanishing:
Joriy yilning 14-oktyabr kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Hamza Umarov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etiladi. Tadbirda sanʼatkorning boy ijodiy merosi, milliy kino sanʼati taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida...