O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 1–2 iyun kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bolajonlarimiz uchun quvnoq kino bayrami tashkil etilmoqda! Qiziqarli filmlar, mazmunli sarguzashtlar, yorqin taassurotlar — barchasi sizlar uchun!Namoyish jadvali...
Kecha O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “OLTIN HUMO” 2025 milliy kino taqdimot marosimi tantanali ruhda o’tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir o‘zbek kinematografiyasining bugungi yutuqlari va ijodiy salohiyatini namoyon etib, kino sohasi vakillari, taniqli rejissyorlar, aktyor va aktrisalar, kino mutaxassislari hamda san’at ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.
Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan 25 kunlik bepul kino namoyishlarining 12-kuni yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda kino ixlosmandlari, oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar. Harbiy xizmatchilarning...