Joriy yilning 25–26-may kunlari O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Moʻgʻul kinosi kunlari” boʻlib oʻtadi.
Mazkur kino forum Moʻgʻuliston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi hamdaOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bepul kinonamoyishlar boshlandi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi jamoasi ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan madaniyat va san’at sohasining barcha yo‘nalishlarida fidokorona xizmat qilayotgan, yurtimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha ijodkorlar, san’atkorlar, mutaxassislar va soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi.
Sizlarning har bir asaringiz, har bir tashabbusingiz...







