O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Matonatli Maryam” filmining premyerasi bo’lib o’tadi
Admin -0
Joriy yilning 25-noyabr kuni soat 17:00da Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Matonatli Maryam” nomli sanʼat va publisistik filmning birinchi umumxalq taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Ushbu film 1920-yillarda Germaniyaga oʻqishga yuborilgan va siyosiy repressiyalarga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning hayot yoʻli va fojiali taqdirini hikoya qiladi.
Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Akademik Sodiq Azimov. Quyoshga intilgan alloma” nomli hujjatli filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi
Admin -
Joriy yilning 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti buyurtmasiga binoan, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Akademik Sodiq Azimov. Quyoshga intilgan alloma” nomli hujjatli filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi.
20-noyabrdan e'tiboran, ushbu filmni tomosha qilishingiz mumkin.
Film og‘ır xastalikga chalingan, umri oz qolgan ayol qismati va oilasini qadrlagan, ayoli og‘ir betob bo'lishiga qaramasdan uni qutqarish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilgan mard erkak haqida hikoya qiladi. Asarda oilaga sadoqat, insoniylik va chinakam muhabbat ulug‘lanadi.







